96 nafar Afg‘oniston fuqarolariga bitiruvchi diplomlari topshirildi

Chop etilgan sana:
27 Iyun 2019

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishining 96 nafar   talabasiga diplomlar topshirildi.Tantanali marosimda ishtirok etgan ToshDO‘TAU rektori filologiya fanlari doktori, professor Shuhrat Samariddinovich Sirojiddinov   O‘zbekiston va Afg‘oniston  Prezidentlarining davlatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona aloqalar hamda dunyo tinchligini   mustahkamlash, turli sohalarda samarali hamkorlik qilishga qaratilgan tashabbuslari, bu tashabbuslarni amal oshirish yo‘lidagi amaliy harakatlar, Afg‘onistonda istiqomat qilayotgan o‘zbeklar tili va adabiyotini asrash, tadqiq va tar‘g‘ib qilish, ta’lim tizimidagi yangiliklarni amalda qo‘llash, ilk bitiruvchilar zimmasidagi muhim vazifalar xususida to‘xtaldi va ularga muvaffaqiyatlar tiladi.

Mustaqil kasbiy hayotga yo‘llanma olib, uchirma bo‘layotgan bu talabalar ToshDO‘TAU jamoasi uchun ham qadrlidir. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi o‘quv jarayonida, sohaga oid darsliklar va o‘quv adabiyotlarini yaratishda ToshDO‘TAU professor-o‘qituvchilari ham faol ishtirok etdi.  O‘quv rejasida belgilangan muddatlarda afg‘onistonlik talabalar ToshDO‘TAUda o‘quv mashg‘ulotlari hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda qatnashdi. Talabalardagi intiluvchanlik, hayotni qadrlash, yangiliklarga qiziqish, ijodkorlik, tariximizni yaxshi bilish singari fazilatlar tahsinga sazovor.

Bitiruvchilarni chin dildan tabriklaymiz!