Bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash dolzarb vazifa

Chop etilgan sana:
16 Iyun 2019

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bitiruvchilar va ish beruvchi tashkilotlar vakillari ishtirokida anjuman bo‘lib o‘tdi. Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi kadrlar bo‘limi boshlig‘i D. Akromov, poytaxtimizdagi tuman xalq ta’limi bo‘limlaridan maxsus vakillar ishtirok etishdi.

Joriy yilda ToshDO‘TAUni 228 nafar talaba tamomlaydi, ulardan 27 nafari magistr, 201 nafari bakalavrlardir. Tadbirda so‘z olganlar birituvchilarga o‘z hududlarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumot berish barobarida ularni ishga ham taklif etishdi. O‘tkailgan so‘rovnomalar natijasilariga ko‘ra bu yilgi bitiruvchilarning 70 foizi xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi maktablarda ishlash istagini bildirishgan. Mazkur anjuman esa bitiruvchilar uchun ham, ish beruvchilar uchun ham manfaatli bo‘ldi.