Iqtidorli qizlar bellashuvi

Chop etilgan sana:
03 Mart 2018

O‘zbek  filologiyasi fakultetida ham “Universitet malikasi” ko‘rik tanlovining birinchi bosqichi o‘tkazildi. Iqtidorli, odobli va aqlli 11 nafar qiz o‘zaro bellashgan tanlovda qizlarning bor mahoratlari sinovdan o‘tkazildi. Sport ko‘nikmasi, notiqlik mahorati, videorolik tayyorlash, karving san’ati, bilimlar sinovi singari topshiriqlardan  muvaffaqiyatli o‘tgan qizlar tomoshabinlar olqishi-yu tashkilotchilar rag‘batiga sazavor bo‘ldilar.

Hakamlar hay’atiga oson bo‘ldi, deya olmaymiz. Chunki qizlarimiz biridan biri qolishmadilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra 1-o‘rin Islomova Begoyimga nasib etdi. Birinchi, ikkinchi va uchinchi  o‘rinlarni qo‘lga kiritgan 3 nafar qiz tanlovning keying bosqichiga yo‘l oldilar.