KOICA va ToshDO‘TAU o‘rtasida hamkorlik o‘rnatildi

Chop etilgan sana:
03 Iyul 2019

Joriy yilning 2-iyul kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Janubiy Koreyaning KOICA tashkiloti direktori Son Songil va KOICAning ko‘ngillar birlashmasi koordinatori Kim Minje tashrif buyurdi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad ikki tomonlama muvaffaqiyatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va do‘stona aloqalar o‘rnatishdan iborat.

KOICAning ko‘ngillar guruhi a'zolariga o‘zbek tilini o‘rgatish va shu orqali madaniyatlararo muloqotni tashkil etish ushbu hamkorlikning ilk amaliy ishi bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Iyul-avgust oylari mobaynida bir guruh ko‘ngillilar ToshDO‘TAUda o‘zbek tilini o‘rganadilar.