*

Oila – kichik vatan

Chop etilgan sana:
15 May 2018

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida joriy yilning 15-may kuni “Oila – kichik vatan” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda Vazirlar mahkamasi huzuridagi “OILA” ilmiy-amaliy markazi bosh mutaxassisi, psixologiya fanlari nomzodi Feruza Akaramova mehmon bo‘ldi. Yoshlarni oilaga tayyorlash, ularni turmush sinovlari oldida yengilmasliklari uchun psixologik ko‘mak zarurdir. Yoshlarning oilaga munosabatini to‘g‘ri shakllantirish va ularni oilagacha har tomonlama tayyorlash ajrimlar sonining kamayishiga xizmat qilmoqda, deydi Feruza Akmalovna.

Yoshi ulug‘ otaxon va onaxonlarning maslahatlarini olish, doimiy tibbiy ko‘rikdan o‘tish va sharqona odob-axloq me’yorlariga amal qilish oilani mustahkamlovchi omillardir. Ochiq muloqot davomida talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislardan yetarli javoblar olindi.