O’zbek tili va adabiyoti fanidan talabalar fan olimpiadasi yakunlandi

Chop etilgan sana:
15 May 2019

2019-yilning 13-14-may kunlari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “O‘zbek tili va adabiyoti” fani bo‘yicha Respublika talabalar fan olimpiadasining II bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda barcha viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahridagi oliy o‘quv yurtlaridan jami 16 nafar talaba ishtirok etdi. Respublika talabalar fan olimpiadasi 4 bosqichda bo‘lib o‘tdi. Hakamlar hay’ati xulosalariga ko‘ra 3-o‘rin SamDU talabasi Sabriyev Alisher 324 ball, 2-o‘rin BuxDU talabasi Egamberdiyeva Gulchiroy 331 ball bilan qo‘lga kiritdi. Faxrli 1-o‘rinni ToshDO‘TAU 3-bosqich talabasi Nuriddinova Vazira 338 ball bilan egalladi. Sovrindorlar va ishtirokchilarning barchasiga faxriy yorliqlar berildi.

ToshDO‘TAU 3-bosqich talabasi Nuriddinova Vazirani “O‘zbek tili va adabiyoti” fani bo‘yicha Respublika talabalar fan olimpiadasida go‘lib bo‘ganligi bilan qutlaymiz.