O‘zbekistonning sayyohlik jozibasi | Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

O‘zbekistonning sayyohlik jozibasi

Chop etilgan sana:
27 Yanvar 2018

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida tashkil etilgan O‘zbek-ingliz tarjima fakulteti talabalari tarjima  bilan bog‘liq amallardan tashqari diplomatik amaliyot, turizm bilan bog‘liq vazifalarni ham bilib olishlari talab etiladi.

        

O‘zbekiston Yoshlar turizmi agentligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan “O‘zbekistonning sayyohlik jozibasi” mavzusidagi adabiy-badiiy kechada tarjimonning turizm bilan bog‘liq vazifalari haqida fikr yuritildi. Tadbirda talabalar tomonidan “Uch viloyat tarovati” (Xorazm, Buxoro va Samarqand) // “Shohning dunyo bo‘ylab sayohati” nomli teatrlashtirilgan  sahna ko‘rinishi namoyish etildi.

         O‘zbekiston Yoshlar turizmi agentligi direktori A. Norxo‘jayev talabalarni qiziqtirgan savollariga javob javob berdi. Tadbir samimiy, ko‘tarinki ruhda o‘tib, talabalarda turizm sohasiga katta qiziqish uyg‘otganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.