Qarisi bor uyning...

Chop etilgan sana:
29 Yanvar 2018

Oilada, jamoada, umuman, hayotda tajribali insonlarga suyanish, ularning maslahatiga ehtiyoj hech qachon yo‘qolmaydi. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti “Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon” kafedrasi akademigi Baxtiyor Nazarov ana shunday piru badavlat ustozlardan bo‘lib, hamisha universitet yoshlari uchun  yordamga, maslahatga shay. Ilm yo‘liga endi qadam qo‘yayotgan yosh tadqiqotchidan tortib, ilm olamida anchagina tanilib qolgan shogirdlar ham Baxtiyor Nazarovdan tajriba o‘rganishga, maslahat olishga harakat qiladi.    

O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi Baxtiyor Nazarov esa, yoshlardan o‘z bilimi va tajribasini sira ayamaydi. Shuni aytsalar kerak-da, “Qarisi bor uyning parisi bor”, deb.