Talabalar fan olimpiadasining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi

Chop etilgan sana:
16 May 2018

O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, kadrlar tayyorlash milliy dasturining 4.5-bandi talablariga muvofiq hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 7-apreldagi 301-sonli buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 14-15 - may kunlarii Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida ona tili va adabiyot fanlari bo‘yicha talabalar fan olimpiadasining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Yurtimizning turli oliy ta’lim muassasalaridan tanlovning shu bosqichiga yetib kelgan 16 nafar iqtidorli talaba o‘zaro kuch sinashdilar. Fan olimpiadasini filologiya fanlari doktori, professor Saodat Muhamedova boshchiligidagi hakamlar nazorat qilishdi.

So‘nggi natijalarga ko‘ra uchinchi o‘rin Samarqand davlat universiteti talabasi Musulmonova Kamola Xusniddin qiziga, ikkinchi o‘rin esa Buxoro davlat universiteti talabasi Tog‘ayeva Dilnoza Olimjonovnaga nasib etgan bo‘lsa, faxrli birinchi o‘rinni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi Usmonova Iroda Sobir qizi egalladi.