Til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo‘lidagi ilk odimlar

Chop etilgan sana:
16 May 2018

Joriy yilning 16-may kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Yosh filolog olimlar jamiyati tashabbusi bilan “Til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo‘lidagi ilk odimlar” mavzusida universitet talabalarining II anjumani bo‘lib o‘tdi. Ana’anaviy talabalar anjumani 9 ta shu’bada o‘z ishini olib bordi. Til va adabiyot tarixi, lingvistika, adabiyotshunoslik nazariyasi, mumtoz adabiyot, til va adabiyot o‘qitish metodikasi, tarjimashunoslik masalalariga taalluqli 300 dan oshiq maqola ichidan saralab olingan  80 ga yaqin kichik ilmiy tadqiqotlar to‘plam holida chop etildi.

Soha mutaxassislari professor va dotsentlar nazoratida bo‘lib o‘tgan shu’ba yig‘ilishlarida eng sara maqola mualliflari va eng yaxshi munozara ishtirokchilari aniqlanib, diplom bilan taqdirlandilar.