Umumta’lim maktablari bilan hamkorlik

Chop etilgan sana:
13 Aprel 2018

2018-yilning 13-aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamda Poytaxtimizda joylashgan jami 10 ta umumta’lim maktablari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi. Endilikda Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 288- va 302-maktablar, Uchtepa tumanidagi 106- va 229-maktablar, Yashnobod tumanidagi 155-, 244- va 227-maktablar, Shayxontohur tumanidagi 59- va 102-maktablar hamda Chilonzor tumanidagi 179-maktabga ToshDO‘TAU amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatadi. Mazkur memorandum imzolangan kundan e’tiboran kuchga kiradi.