Xalq posbonlari talabalar davrasida | Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

Xalq posbonlari talabalar davrasida

Chop etilgan sana:
02 Fevral 2018

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida ichki ishlar organlari xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-noyabrdagi “Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori hamda 2016-yil 16-sentabrda qabul qilingan “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida ko‘rsatilgan vazifalar ijrosini ta’minlash va ichki ishlar organlari tizimiga oliy ma’lumlotli, yosh, iqtidorli kadrlarni jalb qilishga doir ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi. 

Ichki ishlar vazirligi kadrlar bosh boshqarmasi bo‘lim  boshlig‘i podpolkovnik Akmal Odilov ichki ishlar organlari tizimiga yoshlarni qabul qilishning tartibi va talablari, soha mutaxassislariga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida gapirib, ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi 14 ta akademik litseyga tanlov asosida fan o‘qituvchilarini ishga taklif etish to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

O‘z taqdirini vatan taqdiri bilan bog‘lashni maqsad qilgan bir guruh yoshlar ichki ishlar organlarining hududlardagi bo‘limlariga ishga borish istagini bildirdilar.

Soha xodimlari talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdilar.