*

Xorijlik mutaxassislar e’tirofi

Chop etilgan sana:
13 Aprel 2018

Joriy yilning 13-aprel kuni UNESCO tomonidan tashkil etilgan “O‘rta Osiyoda o‘qituvchilar bilan barqaror rivojlanish” loyihasi doirasida taraqqiyot uchun uzluksiz ta’lim mintaqaviy anjumani ishtirokchilaridan iborat delegatsiya universitetimizda mehmon bo‘ldi.  Dunyoning to‘rt tomonidan tashrif buyurgan oltmishdan ziyod mehmonlar universitetimizda tashkil etilgan ta’lim jarayoni, oliy ta’lim muassasasining moddiy texnik bazasi, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif buyurganlarining aksariyati oliy ta’lim muassasalari professorlari bo’lib, ular ToshDO‘TAU xalqaro universitet maqomini egallashga shay ekanligini alohida ta’kidlashdi. Shuningdek, mazkur universitet bilan o‘zlari faoliyat yuritayotgan muassasa o‘rtasida yaqin aloqalar o‘natish taklifini ham bildirdilar.

Mehmonlar O‘zbekistonning yetakchi universitetlaridan biri hisoblangan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti nafaqat mintaqada, balki jahonda ham moddiy texnik bazasi va ta’lim sifati nuqtayi nazaridan yetakchi o‘rinlarni egallashga haqli ekanligini e’tirof etishdi.