X

Biz Vatanimizda noshirlik faoliyatini yanada rivojlantiramiz


“ Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida yangi tashkil etilgan Noshirlik ishi ta'lim yo‘nalishiga bir guruh iqtidorli yoshlar talabalikka qabul qilindi. Ushbu ta'lim yo‘nalishining asosiy maqsadi yurtimizda noshirlik faoliyatini rivojlantirish, xalqaro miqyosda faoliyat yuritadigan noshirlik markazlarini tashkil etish, milliy adabiyotimiz, ilm-fanimiz yutuqlarini jahon bo‘ylab targ‘ib etishdan iborat. ”

Mamlakatimizda ilk bora tashkil etilgan "Tashkent Book Fest - 2019" xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasida ishtirok etgan ushbu yo‘nalish talabalarining taassurotlari bir olam.  Ular endilikda ushbu soha sir-u asrorlarini, noshirlik marketingi, huquqiy asoslarini mukammal o‘rganib, kelajakda O‘zbekistonda bu sohani misli ko‘rilmagan darajada rivojlantirishni maqsad qildilar.