Biz Boburning avlodlarimiz


“Buyuk shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan tadbirlar davom etmoqda. ”

Buyuk shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan tadbirlar davom etmoqda. 
Kuni kecha O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti talabalari tomonidan buyuk sarkarda, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalluding 538 yilligi munosabati bilan talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar ishtirokida “Biz boburning avlodlarimiz” deb nomlangan adabiy-badiiy kecha tashkil etildi. Tadbir davomida talabalar o‘zlarining raqs, kuy-qo‘shiqlari, Bobur hazratlarining g‘azal, ruboiylari va buyuk bobokalonimizga atalgan o‘zlarining she’rlari bilan ishtirok etishdi. Bundan tashqari tadbir qatnashuvchilari e’tiboriga havola etilgan  “Bobur hayotidan lavha” deb nomlangan sahna ko‘rinishi kechaga o‘zgacha ko‘tarinki ruh olib kirdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.