X

Hamkorlikning istiqbollari


“ Joriy o‘quv yili avvalida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi bilan M.Avezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston davlat universiteti oʻrtasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolanib, yillik yoʻl xaritasi tasdiqlangan edi. ”

  Mazkur rejaga muvofiq Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri, dotsent V.A.Muxamedjanova M.Avezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston davlat universitetiga tashrif buyurib,3-7-fevral kunlari Huquqshunoslik va xalqaro munosabatlar fakulteti talabalari va magistrantlariga "Markaziy Osiyo - tamaddunning qadimiy eng qadimiy o‘choqlaridan biri" (“Центральная Азия - один из древнейших очагов цивилизации”)mavzusida mahorat darsi o‘tkazdi.Pedagogika, tarix va xalqaro aloqalar sohalariga oid seminar treninglarda o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok etdi.Kelgusida ikki universitet o‘rtasida kadrlar malakasini oshirish,o‘zaro tajriba almashish borasida tizimli ishlar bosqichma bosqich amalga oshiriladi.