Ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay


“Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida onlayn ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.”

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha Qo‘mitasi, O‘zbekiston Musulmonlar idorasi,  Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida talaba-yoshlar o‘rtasida diniy ekstremizm, terrorizm va uning salbiy oqibatlariga qarshi kurashish hamda ularni ilm-fan va kasb-hunarga qiziqtirish maqsadida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida onlayn ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda mehmon sifatida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi katta o‘qituvchisi-Saidjamolov Saidafzal Saidxonbalovich, Yakkasaroy tumani Ichki ishlar boshqarmasi terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bo‘limi ma’sul xodimi, kapitan Alisher Atoyev, Yakkasaroy tuman “Yakkasaroy” jome’ masjidi imom-xatibi Toshonov Salohiddin domlalar ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida so’zga chiqqanlar tomonidan dunyoda va mamlakatmizda sodir bo‘layotgan eng muhim voqealarga munosabat bildirilib, yurtimizda bo‘layotgan ulkan yaratuvchanlik va bunyodkorlik ishlarining ostida tinchlik va osoyishtalik turgani, shu bilan birga bunday o‘zgarishlarni ko‘ra olmayotgan ayrim g‘alamis kuchlar yurtimizdagi osoyishta hayotni turli yo‘llar bilan izdan chiqarishga urinayotganliklari haqida so’z yuritildi. Eng achinarlisi, ularning aksariyat qismi bizning o’smir vatandoshlarimiz ekanligi va yoshlarning bunday yo’llarga kirib qolishida, avvalo, ularning diniy va siyosiy tushunchalari yetarli emasligi asosiy sabab bo’layotgani hamda ularni bunday oqimlarga qo’shilib qolmasliklari uchun ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ilm olishlari zarurligi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.