X

"Erasmus+ haftaligi"dan muhim ma'lumotlar


“ Joriy yilning 4-12-oktabr kunlari O‘zbekistonda Erasmus+ haftaligi o‘tkazilmoqda. Shu haftalikning birinchi kunida universitetimizning Turizm va madaniyatlaro muloqot kafedrasi mudiri Nozliya Normurodova rahbarligi ostida Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti 3-bosqich talabalari Nilufar Isroilova va Umida Mirhamidova "Yoshlarning salohiyatini oshirish" ("Capacity Building in the Field of Youth") loyihasi bo‘yicha o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etdilar. ”

 Erasmus+ haftlagining keyingi kunlarida ham universitetimiz talabalarining ishtiroki rejalashtirilgan. Haftalik doirasida bir qancha loyihalar o‘tkaziladi.

Tadbirda Erasmus+ loyihalarining taqdimot bannerlarining ko'rgazmasi ham tashkillashtirildi. Ushbu ko'rgazmada universitetimizning yana bir koordinatori Nilufar Abdurahmonovaning "CLASS-Markaziy Osiyo universitetlarida sohalararo kompyuter lingvistikasi magistraturasi dasturini rivojlantirish" loyihasi taqdimoti ham namoyish etildi. Loyiha ishtirokchilarining 2 yil davomida erishgan natijalari komissiya tomonidan o'ndan ortiq loyihalar ichida g‘oliblikka munosib deb topildi hamda estalik sovg'alari bilan taqdirlandi.