X

Fors tilini o‘qitishda Eron tajribasi qo‘llaniladi


“ Joriy yilning 10-avgustidan 1-sentabr sanasiga qadar Universitetimizning ikki nafar tayanch doktoranti Parviz Izzatillayev va Umedullo Mahmudovlar Eron Islom Respublikasining Tehron shahrida joylashgan Alloma Tabotaboiy universiteti Fors tilini chet elliklarga o‘qitish markazi (Center for Teaching Persian to Speakers of Other Languages(CTPSOL)) tomonidan tashkil etilgan malaka oshirish dasturida ishtirok etib, xalqaro namunadagi sertifikatni qo‘lga kiritdilar. ”

Malaka oshirish davrida har bir fors tili o‘qituvchisiga o‘z tilining imkoniyatlari va o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda fors tilini o‘qitishning yangi mexanizmlari o‘rgatildi. Endilikda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Eron tajribasiga asoslangan holda fors tili darslari tashkil etiladi.