X

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “O‘quv jarayonini tashkil etish va boshqarish” (http://e.navoiy-uni.uz) axborot tizimi va MOODLE masofaviy ta'lim platformasi (http://moodle.navoiy-uni.uz) joriy etildi.


“ Universitetdagi 5 ta bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha 174 ta fandan, 7 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 43 ta fandan, jami: 217 ta fandan talabalarga masofaviy shaklda ta'lim olish uchun sharoit yaratildi. Ushbu platformada professor-o‘qituvchilar tomonidan barcha fanlar bo‘yicha tegishli o‘quv materiallari tizimga muntazam kiritilmoqda. ”

Professor-o‘qituvchilar tomonidan fanlar doirasida tegishli mavzular bo‘yicha jami  154 ta videodars, 66 ta audio dars tayyorlanib, youtube.com tizimiga joylashtirildi. Professor-o‘qituvchilar talabalar bilan turli masofaviy ko‘rinishlarda, jumladan MOODLE tizimi, telegram kanallari (t.me/prTSUULL) va boshqa tizimlar orqali muloqotga kirishib, tegishli mavzular bo‘yicha talabalarga on-line tarzda maslahatlar berib bormoqdalar.

Shuningdek, 2019/2020-o‘quv yilining bahorgi semestrida talabalar bilimini onlayn test (http://test.navoiy-uni.uz) axborot tizimi orqali baholash bo‘yicha bugungi kunga qadar 30 ta fandan testlar bazasi shakllantirildi. Qisqa muddatda barcha fanlardan testlar bazasi shakllantirilishi va talabalarning fanlar doirasida o‘zlashtirish darajalari mazkur tizim orqali baholanishi rejalashtirilmoqda.