Maktablar bilan hamkorlik bo‘yicha


“OTMlarga kirish uchun topshiriladigan testlar va boshqa masalalar yuzasidan maktab o‘qituvchilari o‘z fikrlarini bildirdilar.”

2021-yil 25-mart kuni О‘zbek tili kafedrasi o‘qituvchilari – pedagogika fanlari doktori, professor v.b. G.Asilova, filologiya fanlari nomzodi, dotsent M.Saparniyazova, filologiya fanlari nomzodi, dotsent v.b. N.Musulmonovalar kafedraga biriktirilgan Zingiota tumani Bo‘zsuv hududidagi 18-o‘rta umumta'lim maktabida seminar-trening o‘tkazdilar. Maktabda jami 239 nafar o‘quvchi, 18 nafar o‘qituvchi faoliyat yuritadi. 3 nafar ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi bo‘lib, ular - Abduraimov Dilshod  ToshDO‘TAU magistranti, Xolmirzaeva Yulduz – 2018-yilda ToshDO‘TAU, Ostonova Roza – 2010-yilda O‘zMU Filologiya fakulteti bitiruvchilari.  Maktabning ona tili va adabiyot o‘qituvchilari bilan bo‘lgan muloqotda dars jarayonida ularda muammo tug‘dirayotgan holatlar va ularni bartaraf etish yo‘llari haqida fikrlar bildirildi. Xususan, barcha sinflar uchun ona tili darsidan metodik qo‘llanmalarning yo‘qligi, bori ham talab darajasida emasligi, darsliklardagi ayrim mavzularning nomutanosibliklar, OTMlarga kirish uchun topshiriladigan testlar va boshqa masalalar yuzasidan maktab o‘qituvchilari o‘z fikrlarini bildirdilar. Professor-o‘qituvchilar mazkur maktab bilan hamkorlik asnosida maktab o‘quvchilarining savodxonligini oshirish, OTMlarga kirish imkoniyatlarini yaratish uchun qo‘ldan kelgancha yordam berishlari aytildi.Kafedra mudiri, professor S.Muhamedova rahbarligida 5-6-7-sinflar ona tili darsliklarining multimediya to‘plamlari maktab rahbariyatiga taqdim qilindi. Uchrashuvda, shu bilan birgalikda, universitet miqyosida o‘tkaziladigan Respublika va Xalqaro konferensiyalarda maktab o‘qituvchilarini ham jalb qilish maqsadida konferensiya to‘plamlari ham sovg‘a qilindi hamda navbatdagi kafedra konferensiyalarida ularning ham ishtirokini ta'minlash, maqola yozib topshirish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatildi.