X

Millatlararo totuvlik – tinchlik va barqarorlik omili


“ Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida yoshlar orasida millatlararo totuvlik va bag`rikenglikni targ`ib etuvchi adabiy-ma`rifiy kecha bo`lib o`tdi. Tadbirda universitet professor-o`qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdilar. Talabalar tomonidan ijro etilgan kuy-u qo`shiqlar, rasq va she’rlarda yurtimiz hududida istiqomat qiluvchi turli millat va elatlarning urf-odatlari, an’analari hamda madaniyati aks etdi. ”

 Mamlakatimizda millatlararo totuvlik g`oyasini hayotga tatbiq etish va yoshlarni baynalmilal ruhda tarbiyalash uchun aholi orasida olib borilayotgan targ`ibot va tashviqot ishlari samaradorligini oshirish lozim. Zero, millatlararo totuvlikni mustahkamlash mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashning garovidir.