Milliy reyting yangilanadi


“Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh o‘z faoliyatini boshladi.”

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-maydagi PF-4797-sonli farmoniga muvofiq tashkil etilganligiga ham mana 5 yil to‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan universitetda 2021-yilning 31-martidan 7-aprelga qadar tashqi baholash (attestatsiya) jarayonlari boshlandi. 3 ta ta’lim yo‘nalishi va 6 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha universitetda kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatining oliy ta’lim davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqligi o‘rganilmoqda.