Ona tili va o'zbek tili fani o'qituvchilari seminari bo‘lib o‘tdi


“2021-yilning 30-mart kuni Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 69-orta umumta'lim maktabida ona tili va o‘zbek tili o‘qituvchilarining navbatdagi seminari bo‘lib o‘tdi. ”

Ona tili va o'zbek tili fani o'qituvchilari seminari bo‘lib o‘tdi

2021-yilning  30-mart  kuni   Toshkent  shahar  Yashnobod  tumanidagi  69-orta  umumta'lim  maktabida  ona tili  va  o‘zbek  tili  o‘qituvchilarining  navbatdagi  seminari  bo‘lib  o‘tdi. Seminarda  Yashnobod  tumanidagi  ona  tili  va  o‘zbek  tili  fanlaridan  dars  beradigan  100  nafarga  yaqin  o‘qituvchilar  va  shu  fanlar  bo‘yicha  tuman  xalq  talimi  bo‘limi  metodisti   Hazratova Kimyoxon   Samandarovna  qatnashdi. Seminarni  ToshDO‘TAU  O‘zbek  tili  kafedrasi   o‘qituvchisi   Davronov  Azimjon  olib  bordi. Seminar  o‘zbek  tili  darslari doirasida  adabiy  o‘qish  darslarini  tashkil  etish, ona  tili  va  o‘zbek  tili  darslarini  o‘qitishdagi  muammolar, amaldagi  darsliklardagi  muammolar  haqida  qiziqarli  bahs  munozaralar  bilan    davom  etdi. Seminarda  ushbu  muammolar  yuzasidan  har  bir  o‘qituvchi  o‘zining  taklif  va  mulohazalari  bilan qatnashdilar. Seminar  so‘ngida   O‘zbek  tili  kafedrasining    professor - o‘qituvchilari  tomonidan  tayyorlangan  5-6-7-sinflar  ona  tili  darsliklari uchun  ishlab  chiqilgan    multimedia materiallari  maktab  o‘qituvchilariga  sovg‘a   tariqasida  topshirildi.