Samarqandda tanishtiruv darslari a'lo darajada o'tyapti


“Samarqanddagi faol talabalarimiz bu haqida xabar berishdi.”

Bu yil ToshDO'TAUga qabul qilingan samarqandlik yoshlarga Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti dekani Anvar Sayfullayev tomonidan tanishtiruv darslari tashkil etildi.
Dastlab, talabalar ToshDO'TAU rektorining tabrigini diqqat bilan eshitishdi. So'ng ularga universitet, undagi qaynoq ilmiy va ijodiy muhit, professional jamoamiz haqida batafsil so'zlab berildi.
Shuningdek, kredit-modul tizimi, masofaviy ta'limni boshlash, elektron portallardan, universitet axborot-resurs markazidan qanday onlayn foydalanish mumkinligi haqida tushuncha berildi.
Samarqandlik talabalar poytaxtga, universitetga kela olmagan bo'lsalarda, Samarqanddan turib, universitetdagi do'stona muhitni his qila olishdi. "Aynan shu universitetni tanlaganimdan hamda uning talabasi bo'lganimdan bag'oyatda xursandman" , - deydi 1-kurs talabasi Parizoda Abdusalomova.