Sanoqli kunlardan soʻng Prezident saylovi!


“Hozir mamlakatimizning har bir dargohida siyosiy jarayonlar eng qaynoq pallaga kirgan. ”

Hozir mamlakatimizning har bir dargohida siyosiy jarayonlar eng qaynoq pallaga kirgan. Mazkur siyosiy jarayonda  yoshlarning, shu jumladan, talabalarning ishtiroki juda katta ahamiyatga ega. Buning uchun ular oʻz fuqarolik huquqidan foydalana olishi, saylov jarayonlarining muhimligini tushunishi hamda oʻz kelajagiga befarq boʻlmasligi kerak. Ularga  Prezident   saylovi haqida batafsil maʼlumot berish, siyosiy bilimlarini kuchaytirish juda muhim. Aynan shu maqsadda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Biz kelajak uchun ovoz beramiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.  Davra suhbatiga 14-Toshkent shahar okrug komissiyasi rais oʻrinbosari, yuridik fanlari doktori, professor  Ixtiyor Bekov,  shu okrug komissiyasi aʻzosi , Nizomiy TDPU prorektori f.f. d.  Feruza Madraximova hamda shu okrug komissiyasi aʻzosi, universitet xotin-qizlar kengashining raisi  Gulnoza Joʻrayevalar  ishtirok etishdi. Ular talabalarga koʻrgazmali slaydlar yordamida  saylov jarayonlarini toʻliq yoritib berdilar. Ilk marta ishtirok etayotgan talabalar uchun saylov jarayonlari juda qiziq. Ular bu jarayonga oʻzlari guvoh boʻladilar. Shuning uchun ularda savollar ham talaygina boʻldi.. Davra suhbati qiziq oʻtdi va fikr mulohazalarga boy boʻldi.