X

Sinxron tarjimonlar tayyorlashda yangi hamkorlik


“ Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida "Sinxron tarjimonlarni tayyorlash va malakasini oshirish istiqbollari" mavzusida vebinar tashkil etildi. Vebinarda London Metropolitan universiteti professori, sinxron tarjima bo‘yicha mutaxassis Aleks Kruglov ham bilvosita ishtirok etdi. ”

Bugungi kunda Alisher Navoiy nomidagi Toshent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida sinxron tarjimonlarning yangi avlodini tayyorlash bo'yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, ushbu vebinarda ham sinxron tarjimonlar tayyorlashning zamonaviy usul va vositalaridan unumli foydalanish bo‘yicha tajriba almashildi. Uzoq davom etgan vebinar universitet professor-o‘qituvchilari uchun foydali bo‘ldi. Muloqot so‘ngida hamkorlikning keyingi bosqichlari, xususan, kadrlar malakasini oshirish haqidagi aniq takliflar muhokama qilindi.