X

Talabalar konferensiyasining eng sara maqolalari aniqlandi


“ Joriy yilning 30-aprel sanasida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida talabalar onlayn konferensiyasi bo'lib o'tdi. Talabalarni ilmiy faoliyatga yo'naltirish, ularning ilmiy faoliyatini qo'llab-quvvatlash maqsadida an'anaviy “Til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo'lidagi ilk odimlar”shiori ostida tashkil etilgan ilmiy-amaliy anjuman quyidagi yo'nalishlar bo'yicha ZOOM dasturi orqali olib borildi: ”

I. Tilshunoslik: til tarixi va nazariyasi, hozirgi o'zbek adabiy tili, kompyuter lingvistikasi.

II. Adabiyotshunoslik: o'zbek adabiyoti tarixi, zamanovaviy adabiy jarayon, folklorshunoslik.

III. Tarjimashunoslik: tarjima nazariyasi, tarjima amaliyoti.

IV. O'zbek tili va adabiyotini o'qitish metodikasi: ona tilini o'qitish metodikasi, o'zbek tilini o'qitish metodikasi, o'zbek adabiyotini o'qitish metodikasi, o'zbek tilini xorijiy til sifatida o'qitish metodikasi.

V. Noshirlik ishi: elektron nashr va raqamli iqtisodiyot.

Konferensiyada 150 ga yaqin iqtidorli talabalar o'z maqolalari bilan qatnashdilar. Har bir sho'badan "Eng dolzarb mavzudagi maqola", "Eng yaxshi ilmiy asoslangan maqola", "Eng tirishqoq yosh mutaxassis" yo'nalishlari bo'yicha maqolalar tanlab olinib, taqdirlandi.