X

ToshDO'TAU professor-o'qituvchilari va talabalari xalqaro onlayn konferensiyada ishtirok etdi


“ Joriy yilning 27-aprel sanasida Navoiy davlat pedagogika instituti tomonidan "Ta'limda "Ustoz-shogird" tizimi - sifat va samaradorlik kafolatlari" mavzusida Xalqaro miqyosdagi onlayn ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tdi. Konferensiyada Ozarbayjon Milliy Ilmlar akademiyasi hamda Anqara universiteti professorlari ham ishtirok etishdi. Shuningdek, ToshDO'TAU professor-o'qituvchilari va talabalari ham faol qatnashdilar. ”

Xususan, O'zbek tili kafedrasi katta o'qituvchisi Nargiza Musulmonova, O'zbek filologiyasi fakulteti talabasi Umida Yusupova online ishtirok etib, ma'ruzalarini o'qib eshittirdilar. Konfenensiyaga taqdim etilgan ma'ruzalar ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish bilan tinglandi.