X

ToshDO'TAU rektori tashabbuskor talabalarni o'z oylik maoshi hisobidan rag'batlantirdi


“ Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti rektori Sh.Sirojiddinov o'z oylik maoshini karantin paytida alohida tashabbus ko'rsatgan talabalarga mukofot puli sifatida taqdim etdi. ”

   "Oliygohimizning sizdek fidoiy, tashabbuskor, masofaviy ta'limda alohida o'rnak ko'rsatgan, xulqi va ma'naviyati bilan ajralib turgan guruh sardorlariga qo'shimcha mukofot puli  berishga qaror qildim", deydi universitet rektori Sh.Sirojiddinov. Jami 89ta guruh sardorining may oyi stipendiyasiga rag'batlantirish sifatida 100 000 so'mdan qo'shib beriladi.