X

Yangi lug‘at taqdimoti bo‘lib o‘tdi


“ O‘zbek va ozar xalqlari o‘zaro qardosh hamda ko‘p ming yillik madaniy aloqalarga ega. Hozirgi kunda esa millatlararo do‘stlik va hamkorlik aloqalari o‘zining yangi yuksalish davriga keldi. ”

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti,  Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi, "O‘zbekiston-Ozarbayjon" do‘stlik jamiyati bilan hamkorlikda xalqaro do‘stlikni o‘zida mujassam etgan "O‘zbekcha-ozarbayjoncha va ozarbayjoncha-o‘zbekcha" lug‘at kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimot marosimida Ozarbayjon madaniyat markazi rahbari S. Abbasov, mazkur kitob muallifi Boboxon Sharif va ko‘plab  tilshunos, adabiyotshunos olimlar, talaba-yoshlar ishtirok etishdi.