X

FAN VA INNOVATSIYALAR

FAN VA INNOVATSIYALAR

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining ilmiy-tadqiqot faoliyati ustuvor yo‘nalishlari Prezident Farmonidan va fundamental ilmiy-tadqiqot talablaridan kelib chiqib belgilangan. Universitet Kengashining 2016-yil 27-oktyabrda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida universitetning Bosh tadqiqot mavzusi “Globallashuv davrida o‘zbek tili, adabiyoti, folklori va tarjimashunosligining o‘ziga xos betakror xususiyatlari, tarixiy tararqqiyoti, uning bugungi holati va istiqboli yo‘nalishlari” deb nomlangan. Mazkur bosh mavzuga asosan universitetdagi fakultet va kafedralarning asosiy mavzulari quyidagicha belgilangan:

Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari

ToshDO‘TAUda 8 ta grant mavjud. Jumladan, 2017-2020-yillarga mo‘ljallangan fundamental tadqiqotlar Davlat ilmiy-texnika dasturlari 3 ta, 2017-2020-yillarga mo‘ljallangan amaliy tadqiqotlar Davlat ilmiy-texnika dasturlari 4 ta, innovatsion loyiha 1ta.

Innovatsion g‘oyalar va ishlanmalar borasida bajarilayotgan ishlar

Universitetda 20 innovatsion guruh tashkil qilingan bo‘lib, 38 ta tashkilot va korxona bilan hamkorlikda 42 ilmiy muammo bo‘yicha faoliyat olib borilmoqda.

Universitet 2018-yilda o‘tkaziladigan “XI Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasi”da quyidagi ishlanmalari bilan ishtirok etish uchun taklif bergan: “Inglizcha-o‘zbekcha fe'lli frazemalar lug‘ati” bazasi va elektron android versiyasi uchun dasturiy ta'minot”, “XX asr o‘zbek adabiyotining amerikada o‘rganilishi”, (monografiya), “Bolalar adabiyotini o‘qitish (xorijiy tajriba)”, (monografiya), “Key to success” (monografiya), “Tilshunoslik asoslari”, (darslik), “Multimediali dars ishlanmalar”, “Ko‘zi ojizlar uchun  dissertatsiya yozish bo‘yicha qo‘llanma”, “O‘zbek tili va adabiyoti” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlik dissertatsiyasini yozishga qo‘yiladigan talablar (ko‘rish imkoniyati cheklangan talabalar uchun mo‘ljallangan), “Imloni tekshiruvchi mobil ilova”, “Tarjimon dastur uchun inglizcha-o‘zbekcha fe'l va fe'lli frazemalar bazasi”.

ToshDO‘TAUda amaliyotga joriy etilgan ilmiy va innovatsion ishlanmalar dissertatsiyalar natijalarining amaliyotga joriy etilganligi, patentlar, audiokitoblar, loyihalar, innavatsion ishlanmalar doirasida amalga oshirilgan.

Universitetda kafedralar kesimida 11 ta patent olindi. Jumladan, Z.Jumanovaning “CASE STUDY” на уроках русского языка” (videodarslik №000693), R.Isakovaning “Русский язык” (для самообразования № 000472), F.Ahmedova va R.Atamuratovlarning “Sotsiologiya” fanidan elektoron darslik (№DGU 04318), N.Abdurahmonova va Sh.Karimberdievaning “Imloni tekshiruvchi mobil ilova” (№DGU 04591), M.Rustamova va R.Atamuratovlarning “O‘quvchilarni kreativ tafakkurini rivojlantirish” (№DGU 04350), M.Qurbonova, D.Lutfullaeva, M.Saparniyozovalarning “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fanidan kurs ishlarini yozish metodikasi” (№ 000525), M.Qurbonova, D.Lutfullaeva, M.Saparniyozovalarning “O‘zbek adabiy tili va adabiyoti” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlik dissertatsiyasini yozishga qo‘yilgan talablar” (№ 000524), N.Abdurahmonovaning “Tarjimon dastur uchun inglizcha-o‘zbekcha fe'l va fe'lli frazemalar bazasi” (№VGU 00341); B.Mengliev “O‘zbek tilining milliy va mualliflik korpusi” EHM uchun dastur (№DGU 2018 0809).

O‘zbek tilini bilish darajasini belgilovchi UzLISA (Uzbek Language International Standart of Assessment) test tizimi xamda shu tizim uchun mo‘ljallangan “O‘zbegim” (O‘zbek tilining bosqichlashtirilgan eshitish, gapirish, imlo va mutolaa) dasturi bo‘yicha til bilishning darajalarini aniqlab beruvchi bosqichlashtirilgan baholash tizimi ishlab chiqildi. O‘zbek tilini ikkinchi til sifatida o‘qitish dasturi xalqaro standartlar asosida tuzilgan. Universitet Til markazida dasturning A1 darajani egallash uchun tayyorlangan qismi aprobatsiyasi o‘tkazilmoqda. Ushbu innovatsion ishlanma jarayonida kafedra a'zosi H.Bakiev ishtirok etib kelmoqda. Bu mahsulot uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk Agentligidan guvohnomalar olindi (№000651).

Ilmiy kengashlarning faoliyati

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2018-yil 29-noyabrdagi 258/3-sonli qaroriga ko‘ra Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzurida ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017.Fil.19.01 raqamli 10.00.10-Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik, 10.00.01-O‘zbek tili hamda bir martalik 10.00.11- Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosliklari bo‘yicha Ilmiy kengash tarkibi 21 kishidan iborat bo‘lib tasdiqlangan.