X

Ilmiy va Xalqaro jurnallar

Ilmiy va Xalqaro jurnallar

"O'zbekiston: til va madaniyat" jurnali

O'zbekiston ommaviy axborot vositalari va matbuot agentligi tomonidan ro'yxatga olingan "O'zbekiston: til va madaniyat" jurnaliga agentlikning 0946 raqamli sertifikati berilgan. Ushbu Jurnal itimoiy-iqtisodiy,  madaniy- ma'rifiy yangiliklarni lingvistik jihatdan  tahlil qilish, shuningdek, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, pedagogik metodologiya, madaniy antropologiya, madaniyatshunoslik, tarix, sotsiologiya va diniy sohalardagi tadqiqotlar natijalarini o'zbek, ingliz va rus tillarida taqdim etishni maqsad qilgan.

Tahririyat

Ko'rsatmalar

"Oltin bitiglar" jurnali

"Oltin bitiglar" jurnalining tahririy reglamenti shakllantirilib, unga O'zbekiston ommaviy axborot vositalari va Matbuot agentligining 0949 raqamli sertifikati berilgan. Jurnalda turk, o'zbek va boshqa  sharq adabiyoti va madaniyatidan namunalar; matnshunoslik, adabiyotshunoslik, tilshunoslik borasidagi tadqiqotlar, tarjima, milliy tarix, arxeologiya, etnografiya, antropologiya, numizmatika, madaniy antropologiya sohasidagi ilmiy izlanishlar natijalari o'zbek, ingliz va rus tillarida nashr etiladi.

Jurnallarni yiliga to'rt marta chop etish rejalashtirilgan. Hozirda  jurnalda chop etiladigan ilmiy maqolalar to'planmoqda.