X

Institutlar va markazlar

Institutlar va markazlar

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining O‘zbek tili va adabiyoti instituti

Ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishlari

  • folklorshunoslik instituti 
  • o‘zbek adabiyoti tarixi
  • XX asr adabiyoti va hozirgi adabiy jarayon
  • adabiyot nazariyasi; adabiy aloqalar va tarjima nazariyasi
  • o‘zbek tili (o‘zbek tili tarixi, dialektologiya, terminologiya, leksikografiya va leksikologiya, hozirgi o‘zbek tili)

Institutning ilmiy yo‘nalishlari

  • folklorshunoslik
  • o‘zbek adabiyoti tarixi
  • XX asr adabiyoti va hozirgi adabiy jarayon
  • adabiyot nazariyasi
  • adabiy aloqalar va tarjima nazariyasi

Institut yutuqlari

  • o‘zbek tilining 5 jildli akademik izohli lug‘ati, kirill va lotin yozuvlarida chop etilgan akademik imlo lug‘atlari, 2 jildli ruscha-o‘zbekcha, bog‘cha tarbiyalanuvchilariga mo‘ljallangan kichik hajmli suratli lug‘atdan 80 ming so‘zgacha bo‘lgan hajmdagi inglizcha-o‘zbekcha lug‘atlar, 5 jildli o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi, XX asr o‘zbek adabiyotining 4 jildli  tarixi
  • Alisher Navoiyning 20 jildli “Mukammal asarlar to‘plami”, kirill va lotin yozuvlarida chop etilgan 10 jildli “To‘la asarlar to‘plami”, Navoiy asarlarining bir va ko‘p jildli lug‘atlari hamda ulug‘ shoir asarlari tadqiqiga bag‘ishlangan yuzlab monografik tadqiqotlar olib boriladi.
  • o‘zbek xalq ijodi yodgorliklari 8 jildi nashr etildi
  • Institutda bir asrdan ortiq vaqt mobaynida folklorshunos olimlar tomonidan baxshilar va xalq og‘zaki ijodi ijrochilaridan yozib olingan xalq og‘aki ijodi yodgorliklari hisoblangan 18 mingdan ortiq saqlov birligiga ega bo‘lgan Folklor arxivi noyob obyekti mavjud
  • AQSH, Germaniya, Fransiya, Slovakiya, Xitoy, Yaponiya, Koreya, Vyetnam, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston singari xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik qiladi
  • 2015-yilda Janubiy Koreyalik tadqiqotchi Ingyong O institut bo‘lim mudiri, filologiya fanlari doktori, professor M.Jo‘rayev ilmiy maslahatchiligida “Alpomish” va “Jumo‘ng” dostonlarining qiyosiy tipologiyasi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
  • AQShlik tadqiqotchi, Michigan universiteti aspiranti Djeyms Kristofer Fort 2015 yilning sentyabridan institut xorijiy tadqiqotchisi sifatida bo‘lim mudiri,  filologiya fanlari doktori, professor N.Karimov ilmiy maslahatchiligida “XX asr o‘zbek adabiyotida oilaviy munosabatlar talqinining milliy ong taraqqiyotiga ta’siri” mavzusidagi dissertatsiya bo‘yicha ilmiy izlanish olib borayapti.