X

Abituriyentlar diqqatiga

Abituriyentlar diqqatiga

Abituriyentlar 20-iyundan 20-iyulgacha ro‘yxatdan o‘tkaziladi

Abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish joriy yil 20-iyundan 20-iyulga qadar (20-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

Ro‘yxatdan o‘tish:

-Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz);

-Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (www.dtm.uz, abitur.dtm.uz) orqali amalga oshiriladi.

Xotin-qizlarga qo‘shimcha to‘rt foizli davlat granti asosida kvota ajartiladi.

 Prezident qarori bilan 2020/2021 o‘quv yili qabulidan boshlab:

 Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligi tomonidan beriladigan tavsiyanomaga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta'lim shakli bo‘yicha umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan qo‘shimcha to‘rt foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari ajratiladi.

Magistraturaga va o‘qishni ko‘chirish uchun Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi saytidan hujjat  topshiriladi.

Prezident qaroriga ko‘ra, davlat oliy ta'lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish, shuningdek, bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash uchun hujjatlarni topshirish jarayoni Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining rasmiy veb-sayti (www.edu.uz) orqali amalga oshiriladi.

Magistraturaga hujjatlar 2020-yil 1-iyuldan 30-iyulgacha qabul qilinadi.

Abituriyentlar 5 tagacha ta'lim yo‘nalishini tanlashi mumkin

Abituriyentlarga test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi hamda fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqi berildi.

Shuningdek, kirish test sinovlari abituriyent tanlagan bakalavriat ta'lim yo‘nalishiga mos ikkita fandan o‘tkaziladi.

 

Yoʻnalishlar boʻyicha imtihonlar quyidagicha:

Oʻzbek tili va adabiyotini oʻqitish

Ona tili va adabiyoi (3.2)

Tarix (3.1)

Noshirlik ishi

Ona tili va adabiyoti (3.2)

Chet tili (3.1)

Tarjima nazariyasi va amaliyoti

Ona tili va adabiyoti (3.2)

Chet tili (3.1)

Filologiya va tillarni oʻqitish: oʻzbek tili

Ona tili va adabiyoti (3.2)

Chet tili (3.1)

Oʻzga tilli guruhlarda oʻzbek tili

Rus tili va adabiyoti (3.2)

Oʻzbek tili va adabiyoti (3.1)

 

Abituriyentlar imtihon kuni qanday harakatlanish va imtihon topshirish bo'yicha yo'riqnoma.