Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 2019-2020-o‘quv yili 20-aprelga qadar amalga oshirilgan ilmiy-innovatsion ishlari bo‘yicha qisqacha hisobot.


“Bugungi kunda ToshDO‘TAU Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedra professor-o‘qituvchilarining 7 nafari asosiy, 6 nafari ichki o‘rindoshlik, 4 nafari tashqi o‘rindoshlik asosida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ilmiy salohiyat 60%ni tashkil etadi. Jumladan, 3 ”

Bugungi kunda ToshDO‘TAU Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedra professor-o‘qituvchilarining 7 nafari asosiy, 6 nafari ichki o‘rindoshlik, 4 nafari tashqi o‘rindoshlik asosida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ilmiy salohiyat 60%ni tashkil etadi. Jumladan, 3 nafar fan doktori, 7 nafar fan nomzodlari tomonidan jami 17 ta fandan talabalarga dars mashg‘ulotlari olib borilmoqda.
    Kafedra katta o‘qituvchisi G.Odilova hamda A.Bumatovalarning  maqolasi xalqaro ma’lumotlar bazasiga (Scopus) kirgan jurnallarda chop etildi. 
    U.Hamdamov, R.Xakimjonova, B.Xolikovlarning maqolasi xalqaro ma'lumotlar bazasiga (Scopus) kirgan jurnallarda may-iyun oyida chop etilishi rejalashtirilgan.
   Xalqaro impakt faktori yuqori bo‘lgan OAK ro‘yxatiga kirgan jurnallarda ham kafedra professor-o‘qituvchilarining yakkamualliflikdagi maqolalari e'lon qilindi. 
    Xalqaro miqyosdagi konferensiyada kafedra professor-o‘qituvchilaridan: Q.Mamurov, U.Hamdamov, A.Sayfullayev, Sh.Mustanova,  B.Xolikov hamda M.Obidjonovalarning maqolasi chop etildi. 
    Kafedra o‘qituvchisi Xamidova Mohina Alisherovnaning “Muqaddas kitoblar tarjimoniga qo‘yilgan o‘ziga xos talablar” mavzusidagi maqolasi 2020-yil  25-aprel kuni O‘zDJTUda o‘tkaziladigan “Tarjima va madaniyat: muammolar, yechimlar, strategiyalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallarida chop etish uchun topshirildi.
   Ilmiy loyihada ishtirok etish, fan va ta'lim integratsiyasi bo‘yicha ishlarni olib borish, patent olish, xo‘jalik shartnomasi tuzishda tashabbuskorlik ko‘rsatish, boshqa ilmiy-innovasion ishlarni bajarish bo‘yicha ham samarali ishlarni amalga oshirgan bo‘lib, bugungi kunda kafedraning 5 ta xo‘jalik shartnomalari mavjud.
    Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi tomonidan “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” ilmiy loyihasi tayyorlanib, Innovatsiyalarni rivojlantirish vazirligiga taqdim etildi.
    2019-yil 18-dekabr kuni Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi a'zolari bilan NDLUning turdosh kafedralari olimlari o‘zaro vebinar o‘tkazdilar. Ushbu vebinarda tarjimashunoslik, adabiyotshunoslik va chet tillarini o‘qitishning zamonaviy usul va vositalaridan unumli foydalanish bo‘yicha tajriba almashildi.
   Jastin Yifu Lin va Selestin Mongalarning “Muvaffaqiyatga eltuvchi yo‘l” (“Beating the odds”) nomli kitobi Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchilari Sh.Mustanova, A.Bumatova hamda fakultetning iqtidorli talabalari tomonidan ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilindi.