“Oʻzbek tilini oʻqitishning eng yaxshi metodikasi” ilmiy-ijodiy ishlar Respublika tanlovi
Davlat tilini rivojlantirish departamenti, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamkorligida “Oʻzbek tilini oʻqitishning eng yaxshi metodikasi” ilmiy-ijodiy ishlar Respublika tanlovini eʼlon qildi.
- Tanlovga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy, uslubiy, ijodiy ishlar qabul qilinadi:
- filologik yoʻnalishlarda – sohaga aloqador tilshunoslikning nazariy hamda amaliy dolzarb muammolari va ularning yechimiga qaratilgan ishlar, oʻzbek tili va adabiyoti boʻyicha zamonaviy kadrlar tayyorlash istiqbollari, oʻzbek tilini rivojlantirish masalalari;
- nofilologik yoʻnalishlarda - oʻzbek tilining sohaviy terminologiyasi va ularni sohalarga bogʻlab amaliy intensiv oʻqitish hamda baholash metodikasi, sohalarda davlat tilining imkoniyatlaridan toʻliq va toʻgʻri foydalanish hamda sohaviy ish yuritishni takomillashtirish istiqbollari;
- metodik yoʻnalishda – oʻzbek tilini intensiv oʻqitishning zamonaviy samarali metodlari va baholash mezonlari, oʻzbek adabiy tilining orfoepik, orfografik va uslubiy meʼyorlarini oʻqitish va baholash metodikasi.
- Respublika tanlovi har bir yoʻnalish boʻyicha quyidagi nominatsiyalarda oʻtkaziladi:
- Eng yaxshi darslik;
- Eng yaxshi oʻquv qoʻllanma;
- Eng yaxshi uslubiy qoʻllanma.
- Tanlovga ishlar 2020-yilning 20-avgustidan 20-sentyabriga qadar qabul qilinadi.
Ijodiy ishlarni koʻrib chiqish va baholash – 10-oktyabrgacha.
Gʻoliblarni taqdirlash – 20-oktyabrgacha amalga oshiriladi.
Ijodiy ishlar metodika@edu.uz elektron manzili orqali onlayn qabul qilinadi.
Qoʻshimcha maʼlumotlar: www.til.gov.uz, @edu.uz, (71) 2461624.