Suyima G'aniyeva

 

O‘zbekiston Qahramoni  Suyima G‘aniyeva 1932-yilda   tavallud   topgan. 1952-yili  O‘rta Osiyo davlat universiteti Sharq fakultetining eron filologiyasi bo‘limini tugatgan.(1952). 1956-yili professor A.N.Boldirov rahbarligida "Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois” tazkirasi" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. Navoiyshunos olima o‘zbek mumtoz adabiyoti, fors mumtoz adabiyoti bo‘yicha mutaxassis. 1992-yili Beruniy nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi. O‘sha yili “El-yurt hurmati” ordeni, 2008-yili “Buyuk xizmatlar uchun” ordeni berildi. Tehron, Nishopur, Kirmon, Pekin, Anqara, Moskva, Sank-Peterburg, Boku, Tbilisi, Yeravan, Olmaota, Bishkek, Ashxobod, Dushanbe shaharlarida o‘tkazilgan xalqaro konfrensiyalarida ishtirok etdi. Besh yuzdan ortiq kitob, risola va maqolalar chop ettirgan. Ilmiy rahbarligi ostida to‘qqiz kishi o‘zining nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. Hozirgi chog‘da bir qancha nomzodlik ishlariga rahbarlik qilmoqda.

Inson uchun boshqalar uqtirgan haqiqatlardan ko‘ra o‘zi anglaganlari qadrliroq     bo‘ladi. Biroq bu haqiqatlarni qo‘lga kiritish anchayin mashaqqatli. Bu yo‘l insondan fidoiylikni talab etadi. Adabiyotshunos olim Suyima G‘aniyeva ana shunday zahmatkash ijodkorlarimizdan biridir.  U uzoq yillik ilmiy izlanishlar orqali uchun “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni  bilan taqdirlandi.