Oʻzbek tili va adabiyotini oʻqitish fakulteti

Raupova Laylo Raximovna

Fakultet  Dekani:

  Raupova Laylo Raximovna

Telefon: +9989​0 961 9484

e-mail : dekanuzlit@navoiy-uni.uz

Ilmiy darajasi va unvoni: 

  Filologiya fanlari doktori, professor, Xalq maorifi a’lochisi

Qabul vaqti: 9.00 dan 17.00 gacha

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari:

Norquziyev Jamshid Sherpolatovich

Oquv ishlari boyicha dekan o‘rinbosari:

Rustamov Doniyorbek Avazbekovich

FAKULTET HAQIDA

Fakultet o‘zbek tili va adabiyoti sohasi bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlarda mutaxassislar tayyorlaydi:

5111200 – O‘zbek tili va adabiyoti talim yonalishi oquv rejalari

1-kurs

2-kurs

3-kurs

4-kurs

Fakultet O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-maydagi Farmoniga ko‘ra Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti bazasida tashkil qilingan.

TARIXI

  • 1935-1950 – Toshkent davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti
  • 1950-1968 – Toshkent davlat pedagogika instituti Tarix va filologiya fakulteti
  • 1968-1976 – Toshkent davlat pedagogika instituti Filologiya (o‘zbek, qozoq, rus, tatar tillari) fakulteti
  • 1976-1998 – Toshkent davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti
  • 1998-2016 – Toshkent davlat pedagogika universiteti O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti

O‘tgan yillar mobaynida fakultet kafedralarida respublikaning mashhur tilshunos, adabiyotshunos, sharqshunos olimlaridan O.Sharafiddinov, Maqsud Shayxzoda, O‘tkir Rashid, G‘.Abdurahmonov, M.Asqarova, N.Mallayev, S.Usmonov, M.Bekbergenov, H.Sulaymon, A.Shermatov, A.Boboxonov, T.Aydarov, T.Boboyev singari mashhur ustozlar faoliyat olib bordilar. Fakultet yurtimizning til va adabiyot sohasiga juda katta yozuvchilar, olimlar, jurnalistlarini yetkazib bergan bo‘lib, ular orasida Respublika davlat mukofoti sovrindorlari Hamid G‘ulom, Shuhrat, Mamarasul Boboyev, Mirmuhsin, Shukrullo, Zulfiya, Po‘lat Mo‘min, Vosit Sa’dulla, Zafar Diyor, Said Ahmad, Hakim Nazir, Turob To‘la, O‘ktam Usmonov, Xayriddin Saloh, Yusuf Shomansur, Nizom Komil singari 40 dan ziyod yozuvchi va shoirlar mavjud.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-maydagi 4797-sonli “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq yangi tashkil qilingan universitet tarkibiga o‘tkazilgach, “O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti” deb nomlandi.

Fakultetda 5111200 O‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yoʻnalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi. Ushbu mutaxassislar umumiy o‘rta ta’lim maktablari va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida pedagog, O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti va boshqa tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida mustaqil tadqiqotchi, xorijiy mamlakatlarda tashkil qilingan o‘zbek tilini o‘rgatuvchi kurslarda, o‘zbek tili va madaniyati markazlarida o‘qituvchi, ommaviy axborot vositalari, davlat boshqaruvi organlari, boshqa davlat va nodavlat muassasalarida, vazirlik va tashkilotlar rahbarlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchi sifatida kasbiy faoliyat olib boradilar.

Universitetni tashkil etish haqidagi Farmonda O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakultetining asosiy vazifalari sifatida o‘zbek tili va adabiyotini, uning o‘ziga xos xususiyatlari, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini chuqur o‘zlashtirgan, davr talablariga javob beradigan yuksak malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda umumta’lim maktablari va akademik litseylar, oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tili va adabiyoti fanini o‘qitishning yangi va samarali metodlari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish belgilangan.

Ayni vaqtda O‘zbekistonda 9691 ta maktab, 123 ta akademik litsey hamda 57 ta nodavlat umumta’lim maktablari faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ularda 5821861 o‘quvchi tahsil olmoqda. Bugungi kunda ularga o‘zbek tili va adabiyotini ona tili hamda davlat tili sifatida o‘rgatish, yoshlarda milliy vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish eng dolzarb masalalardan ekanligini inobatga olsak, aytish mumkinki, fakultetning bitiruvchi kadrlariga mamlakatimizda ehtiyoj katta.

O‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishida nafaqat kunduzgi, balki sirtqi va kechki shakllarda ham ta’lim olib boriladi. Bularning barchasi fakultetning Respublikamiz filologik taʼlim tizimidagi muhim vazifasini yana bir karra tasdiqlaydi.

Fakultetda faoliyat olib boradigan kafedralar:

FAKULTET DASTURLARI RO‘YXATI

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi

  • 5111200 – O‘zbek tili va adabiyoti

Magistratura mutaxassisliklari

  • 5A111201 – O‘zbek tili va adabiyoti
  • 5A120106 – Kompyuter lingvistikasi

AKADEM MOBILLIK

Talaba muntazam o‘z bilimi, malakasini oshirish uchun harakat qilishi lozim. Bunga erishish yo‘llaridan biri bu ‑ akademik mobillikdir. Har yili 10 ga yaqin talaba xorijiy hamkor ta’lim muassasalarida talaba almashinuv dasturi doirasida o‘z malakalarini oshirib kelmoqda. Jumladan,  2019-yili 10 nafar talaba Turkiya, 3 nafar talaba Rossiya,  10 nafar talaba Qozog‘iston universitetlarida, 2020-yili 3 nafar talaba Turkiya, 3 nafar talaba Rossiya,  5 nafar talaba Qozog‘iston universitetlarida tahsil olib qaytdilar.

Shuningdek, 2019/2020-o‘quv yilida 4-kurs talabasi Mohinur Ahmedova 4 oy Turkiya universitetida akadem mobillik asosida tahsil oldi.

  

ECTS KREDITLAR TAQSIMOTI TAMOYILLARI (QOIDALARI)

Akademik kredit – oliy ta’limning muayyan bosqichida ushbu ta’lim darajasini qo‘lga kiritish maqsadida talaba tomonidan muntazam ravishda to‘plab boriladigan ramziy o‘lchov birligi. Bu birlik talaba ma’lum miqdordagi o‘qish yuklamasini bajarganligi va muayyan o‘qish natijalarini muvaffaqiyatli tarzda egallaganligini anglatadi.

1 kredit uchun 30 soat o‘qish yuklamasi belgilangan, undan 13 soati (30*47%=14) auditoriya soatlari, 17 soati (30*53%=16) esa talabaning mustaqil o‘qish soatlariga to‘g‘ri keladi. Haftalik auditoriya soatlari 26 soat qilib belgilangan.

1 o‘quv semestrda talaba 900 soat o‘quv yuklamasidan 405 soat auditorida va 495 soat mustaqil tarzda ta’lim olishi belgilangan.

1 o‘quv semestrda talaba 30 kredit olishi belgilangan. Majburiy fanlarga 15 kredit va tanlov fanlariga 15 kredit ajratilgan.

ISHGA JOYLASHISH

Universitet talabalari ta’lim jarayonida quyidagi tashkilot va muassasalarda o‘quv, ishlab chiqarish va malaka amaliyotlarini o‘tash, bitirgandan keyin esa ishga qolish imkoniyatiga ega:

  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi.
  • Tashqi ishlar vazirligi.
  • O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi.
  • O‘zbekiston turizmni rivojlantirish vazirligi.
  • O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi.
  • O‘zbekiston milliy axborot agentligi.
  • Madaniyat vazirligi.
  • O‘zbek tili, adabiyoti va folklori ilmiy-tadqiqot instituti.
  • O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi.
  •  Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi.
  •  O‘zbekiston Mudofaa vazirligi.
  •  O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi.
  •  Hokimiyat tuzilmalari.
  •  Chet el kompaniyalari.
  •  Qoraqalpog‘iston Respublikasi XTV.
  • Xalq ta’limi vazirligining viloyatlardagi boshqarmalari.
  •  “Til va adabiyoti ta’limi” jurnali.
  •  “Ma’rifat” gazetasi.