Abdullayeva Go'zaloy

 

1997-yil  1 -mayda   Andijon viloyati,   Buloqboshi tumanida tug‘ilgan. 
Adabiyotning nazm va nasr yo‘nalishida ijod qilib keladi. 
AbdullayevaGo‘zaloyning she'r va hikoyalari “Muhabbatim sizga, Onajon” va “Guldagi nur jilosi” nomli to‘plam holida  chop etilgan.
2011-yildan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon  viloyat bo‘limi qoshidagi “Bobur izdoshlari”  adabiy to‘garagining a'zosi.
2015-yilda  erishgan yutuqlari va ijtimoiy faolligi uchun adabiyot yo‘nalishi bo‘yicha Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Hozirda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek-ingliz tarjima fakulteti 2-bosqichida tahsil olmoqda.