O'zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga qabul qilish bo'yicha davlat komissiyasining 7-sonli bayoni

O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bòyicha davlat komissiyasining 7-son bayoniga muvofiq  2020/2021 o‘quv yili qabulida respublika oliy ta'lim muassasalari magistraturasiga kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra mutaxassislik fanlaridan to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning  55 foizi va undan kam ball to‘plagan abituriyentlarni oliy ta'lim muassasalari moddiy-texnik bazasini hisobga olgan holda,  ularning yozma arizasiga muvofiq bazaviy to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishga istisno tariqasida ruxsat beriladi.