O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bòyicha davlat komissiyasining 8-son bayoni

O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bòyicha davlat komissiyasining 8-son bayoniga muvofiq ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda oliy ta'lim muassasalari rektorlarining murojaatlarini inobatga olib,  oliy ta'lim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt (shu jumladan,  tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt) asosida talabalikka tavsiya etilgan hamda xorijiy fuqaro sifatida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2021-yilning 20-yanvari etib belgilanadi.