Abituriyentlar diqqatiga!


“Joriy yil qabul natijalariga ko‘ra, imtiyozli qabul qilinganlar bilan hisoblaganda 733 nafar abituriyent talabalalikka tavsiya etildi.”

 Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat  o‘zbek tili va adabiyoti universitetining kunduzgi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-iyundagi “2020/2021-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga  o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-4749-sonli qaroriga asosan qabul kvotasi doirasida jami 625 nafar talaba qabul qilinishi belgilangan. Joriy yil qabul natijalariga ko‘ra imtiyozli qabul qilinganlar bilan hisoblaganda 733 nafar abituriyent talabalalikka tavsiya etildi.

Yuqorida qabul qilinganlardan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 393-sonli qaroriga asosan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga 4 ballgacha yetmagan 154 nafar  abituriyent qo‘shimcha ravishda qabul qilindi.

Shunday qilib, universitetning kunduzgi bo‘limiga  2020/2021-o‘quv yilida jami 887 nafar abituriyent talabalikka qabul qilindi.

Universitetning magistratura mutaxassisliklari 1-kursiga 104 nafar talaba qabul qilindi. Bugun, 24-oktyabr holatiga universitet kunduzgi bo‘lim 1-kurs  talabalari soni 991 nafarni tashkil qilmoqda. Bunga 2-, 3-, 4-kursda tahsil olayotgan 1958 nafar talabani qo‘shsak, kunduzgi bo‘lim talabalari soni  2949 nafar ekanligi ma’lum bo‘ladi.

Shuni ta’kidlashimiz lozimki, universitet o‘quv binolari sig‘imi 2500 talabaga mo‘ljallangan. Qabul natijalari bo‘yicha yuqorida zikr etilgan holatning o‘ziyoq talabalarni o‘quv auditoriyalari bilan ta’minlashda muayyan muammolarni yuzaga chiqarmoqda.    

Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, 2020-yil 24-oktyabrda o‘tkazilgan universitet Kengashi yigilishida  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli Qarorining 6-bob, 18-bandiga ko‘ra universitet kunduzgi bo‘limida oshirilgan kontrakt asosida abituriyentlarni talabalikka qabul qilish bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taklif kiritmaslikka qaror qilindi. 

       Universitetimiz ta’lim yo‘nalishlarining kunduzgi bo‘limida oshirilgan kontrakt asosida o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlarga O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2020-yil 25-sentyabrdagi 5-son bayonida berilgan imkoniyatlardan foydalangan holda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetidan boshqa o‘zlari tanlagan oliy ta’lim muassasalaridan birida oshirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishlarini tavsiya etamiz.