Alisher Navoiy nomidagi ToshDO'TAUda tanishtiruv darslari davom etmoqda.


“12-oktabrdan boshlangan jarayonlar qizg'in davom etmoqda.”

Qiziqarli darslar, mehribon ustozlar, universitetdagi ajoyib muhit talabalarda yaxshi taassurot qoldirmoqda. Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri Botir Elov tomonidan masofaviy ta'lim, elektron kutubxona va universitetga aloqador boshqa elektron portallar haqida to'liq tushuntirishlar berildi. Shuningdek, universitetning barcha qonun-qoidalari, talabalarga yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida ham so'zlab berildi. Universitet vakillari talabalarning oliygohdagi ilk tassurotlari yaxshi voqealar bilan yodda qolishiga harakat qilishmoqda.