Diqqat tanlov!


“Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi hamkorlikda “Yangi O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari” ilmiy ishlarning 3 ta to‘plami chop etildi.”

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi hamkorlikda fanning turli yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqot ishlari bilan faol shug‘ullanayotgan qobilyatli yigit-qizlarni tanlash, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yangi O‘zbekistonning   iste’dodli yoshlari” ilmiy ishlarning 3 ta to‘plami chop etildi. Ushbu to‘plamlarni yoshlar orasida ommalashtirish maqsadida talabalar, doktorantlar va yosh tadqiqotchilar uchun insholar tanlovi e’lon qilinadi.Tanlov go‘liblari diplom va pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Shu munosabat bilan Sizdan talabgorlar tomonidan tayyorlangan insholar 1–ilovada keltirilgan talablar asosida rasmiylashtirilishi hamda joriy yilning 5–oktyabr kuniga qadar vazirlikning Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boshqarmasi (nauka@edu.uz, telegram: 97 74663721) ga taqdim etilishini ta’minlashingiz so‘raladi.

1-ilova
TANLOVGA TAQDIM ETILADIGAN INSHOLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Tanlovga taqdim qilinayotgan insho “Yangi O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari” ilmiy ishlaring 3 ta to‘plamiga doir fikr-muloxaza asosida «Microsoft Word» matn muharririda yozilishi, .doc yoki .docx formatida, o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi. Insho matni «Times New Roman» shriftida (kegel 12), satrlar oralig‘i 1 pt, yuqoridan, pastdan, o‘ngdan va chapdan 2 sm hoshiya qoldiriladi, yangi satrda xatboshi (abzas) 1 sm, matn sahifa kengligi bo‘yicha tekislangan shaklda, hajmi 4-10 betdan oshmasligi talab etiladi. ESLATMA Qabul qilingan ilmiy materiallar ko‘chirmachilikka (plagiat) qarshi qat’iy tekshirilishi, soha bo‘yicha yetakchi mutaxassislar tomonidan ekspertizadan o‘tkazilishi ma’lum qilinadi. Maqolalar 2021-yil 5-oktabr kuniga qadar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Ilmiy tadqiqot va innovasion faoliyatni rivojlantirish boshqarmasi tomonidan (E-mail: nauka@edu.uz; telegram: 97 7463721) qabul qilinadi. Belgilangan talablarga muvofiq rasmiylashtirilmagan va mazmuni talabga javob bermagan materiallar tanlovga qabul qilinmaydi, tanlovga taqdim etilgan materiallar muallifga qaytarilmaydi. Tanlov g‘oliblariga diplom, pul mukofoti va esdalik sovg‘alari beriladi. Tanlov natijalari va g‘oliblari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida keng yoritiladi. Tanlov ishtirokchilari tomonidan berilgan norozilik arizalari bir kun muddatda shikoyatchi ishtirokida ishchi guruh a’zolari tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda xulosalar yozma tarzda rasmiylashtiriladi. Murojaat uchun tel.: (71) 2460187.