Dunyo olimlari o‘zbek tilida ma’ruza qildi.


“"O‘ZBEK TILINI DUNYO MIQYOSIDA KENG TARGʻIB QILISH BO‘YICHA HAMKORLIK ISTIQBOLLARI" xalqaro ilmiy-amaliy anjumani o‘z ishini boshladi.”

Universitetimiz  yana bir bor katta,  xalqaro miqyosdagi nufuzli tadbirga mezbonlik qildi. Tashkil etilgan xalqaro anjuman juda yuqori saviyada o‘tkazildi. Havas qilarli tomoni shundaki, barcha  xorijiy ishtirokchilar faqat o‘zbek tilida ma’ruza qilishdi.  Xalqaro mutaxassislar  Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAUni, universitet  rektori  Shuhrat Sirojiddinovning xizmatlarini e’tirof etishdi, tilimizga, ajdodlarimizga yuqori hurmat ko‘rsatishdi.
Anjumanda Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri Abdug‘affor Qirg‘izboyev,  Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Tashkenbayev, Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi - Daniyel Rosenblum, Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi - Jiang Yan , Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi - Mehmet Sureyya Er,   Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi direktori - Samir Abbasov, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori - Gulchehra Rixsiyeva,  Ozarbayjon Tillar universiteti rektori - Kamol Abdulla, Berlin Humboldt universiteti professori - Ingeborg Baldauf,  Oksford universiteti Mustaqil tadqiqotchisi - Tomas Velsford,  Tokio xorijiy tillar universiteti professori - Kimura Satoru va boshqa ko‘plab nufuzli mehmonlar ishtirok etishdi.  Bugun tadbirning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Anjuman ertaga sho‘ba yig‘ilishlarida o‘z ishini davom ettiradi. Anjuman yangiliklarini saytimizda kuzatib boring.