Hamkorlik samarali bo‘lsa...


“Yangi o‘quv yilini boshlash bilan birga Til nazariyasi kafedrasi hamkor tashkilotlar bilan aloqani yo‘lga qo‘ydi.”

Yangi o‘quv yilini boshlash bilan birga Til nazariyasi kafedrasi hamkor tashkilotlar bilan aloqani  yo‘lga qo‘ydi. Til nazariyasi kafedrasi O‘zRes DXX “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi bilan 2020-yildan buyon belgilangan reja asosida hamkorlik ishlarini olib boradi. 2021-2022-o‘quv yilida ham bu samarali ishlar davom etmoqda. 
2021-yil 16-sentyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU Til nazariyasi kafedrasida “Temurbeklar maktabi” pedagoglari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Kafedra mudiri prof.Z.Xolmonova hamkor tashkilot bilan kafedra a’zolarini tanishtirdi, shundan so‘ng bu o‘quv yilidagi hamkorlik yo‘nalishi, undan kutiladigan natijalar muhokama qilindi va vazifalar aniq belgilab olindi. Mazmunli uchrashuv, albatta, besamar bo‘lmadi. “Temurbeklar maktabi” bosh o‘qituvchisi Uzakova Xilola Kamilovna bildirilgan fikrlardan so‘ng hamkorlik ishlarini davom ettirishga kirishdi, o‘z ilmiy faoliyatini Til nazariyasi kafedrasi bilan aloqada davom ettirish haqida taklifini bildirdi. Uchrashuvda O‘zMU tayanch doktoranti Raxmanova Aziza ham qatnashdi, ilmiy faoliyati haqida ma’lumot berib, hamkorlik ishlari yuzasidan fikr-mulohazalarini bayon qildi. Muloqot ilmiy bahs va munozaralarga boy bo‘ldi. 

Alisher Navoiy nomidagi ToshDOʻTAU Matbuot xizmati