Kutubxonamiz 3 ming kitob bilan boyidi


“Butun dunyodagi barcha kitoblarni o'qib chiqish uchun necha yil vaqt ketishi haqida hech o'ylab ko'rganmisiz? Yo'q deysizmi? Unda bilib oling, bu boradagi statistika o'rtacha 60.000 yilni tashkil etar ekan. Shuningdek, bugungi kungacha, butun dunyoda 130 ”

Nega kitoblar mavzusiga to'xtaldik? Sababi shundaki, siz sog'ingan universitetning qadrdon kutubxonasi kechagina yangi 3000 kitob sovg'a qilindi.
O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan bir qancha tashkilotlar bilan birga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetiga ham 3 mingta kitob berildi. Bu kitoblar o'zbek adabiyotining eng yaxshi namunalari, nasr va poeziyaning eng yorqin vakillari ijodini o'zida jamlagan. Kitoblarni qabul qilib olish marosimida O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o'rinbosari G'ayrat Majid va ToshDO'TAU axborot-resurs markazi rahbari Jonmirza Mirzayev, shuningdek kutubxona xodimlari ishtirok etishdi. Yangi 3000 kitob o'z o'quvchilarini kutmoqda. Umid qilamizki, universitet kutubxonasi yaqin kunlarda yana talabalar bilan gavjum bo'ladi.