Magistratura imtihonlarida ishtirok eta olmagan abituriyentlar diqqatiga!


“Magistraturaga o‘qishga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan ammo asoslangan uzrli sabablarga ko‘ra test sinovlarida ishtirok eta olmagan (ariza bilan murojaat qilgan) abituriyentlar DIQQATIGA!”

 Respublika oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga o‘qishga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan (ariza bergan) ammo uzrli sabablarga ko‘ra onlayn test sinovlarida ishtirok eta olmagan abituriyentlarning murojaatlariga asosan (ariza bilan murojaat qilgan hamda arizalari asosli deb topilgan) ular uchun 2020-yil 22-sentabr kuni soat 10:00 da onlayn test sinovlari o‘tkaziladi.