Nazm va navo


“2021-yil 2-mart kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetida O’zbek milliy maqom san’ati markazi xonandalari ishtirokida “Nazm va navo” nomli maqom konsert dasturi bo’lib o’tdi.”

2021-yil 2-mart kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetida O’zbek milliy maqom san’ati markazi xonandalari ishtirokida “Nazm va navo” nomli maqom konsert dasturi bo’lib o’tdi. Konsertda O’zbekiston va Tojikiston xalq artisti Matluba Dadaboyeva, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Ahmadjon Dadayev, “Shuhrat” medali sohibi Bobur Kenjayevlar o’z repertuarlari bilan ishtirok etishdi. Konsert dasturi davomida maqom ustalari tomonidan Hazrat Alisher Navoiy hamda Boburning “Shitob aylab”, “Soqinomai savti kalon”,“Gulizorim”, “Ko’rmadim” kabi g’azallariga bastalangan kuy va qo’shiqlar mahorat bilan ijro etildi. Tadbir qatnashuvchilarga ko’tarinki kayfiyat ulashdi.